Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
09 yanvar
6705Dilshod Tursunqulovich Ahmedov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bungacha u 2021 yilning yanvaridan buyon "O‘zmetkombinat" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari - ijrochi direktor lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Dilshod Tursunqulovich Ahmedov 1972 yilda tug‘ilgan. U I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetini bitirgan. Moskva "Skolkovo" boshqaruv maktabida o‘qigan. O‘zbekiston va Rossiyada ishlab chiqarishni tashkil etish va sanoat korxonalari aktivlarini boshqarish bo‘yicha tajribaga ega.
LiveBarchasi