Internetda toshkentliklarni so‘kkan qiz 10 sutkaga qamaldi
3-sahifa
−
10 fevral 2025 18724 1 daqiqa
Internetda toshkentliklarni haqoratlagan 25 yoshli qiz 10 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud qarori bilan tanishdi.
Qarorga ko‘ra, joriy yil 4 fevral kuni 2000 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, “ISFT” institutining 3-bosqich talabasi X.N. ning Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida Toshkent shahri aholisini turli xil uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan videosi tarqalgan.
Bugun, 10 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosida unga nisbatan ma’muriy ish ko‘rilgan. Sudda N.X. aybiga iqrorlik bildirib, 5 fevral kuni tarqalgan video aslida bir oy oldin uning Instagram sahifasining hikoyalar bo‘limiga joylanganini bildirgan.
Sud N.X. ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyatliklarni haqorat qilgan qiz 15 sutkaga qamalgandi. Mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Huquqbuzarga nisbatan sud raisi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va ushbu moddaga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Live
Barchasi