Tosh-hovli majmuasidagi “Akfa” ishi prokuraturaga oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston mutaxassislarning ko‘rsatmalariga zid ravishda tarixiy me’moriy obidalarni zamonaviy uslubda ta’mirlab, ularning asl ko‘rinishiga zarar yetkazish bilan bog‘liq holatlar uchramoqda. Navbatdagi holat 2020 yilda Turk dunyodasi madaniyati poytaxti nomini olgan Xiva shahridagi Ichanqal’a muzey qo‘riqxonasida qayd etildi. 

Madaniyat vazirligi tomonidan Xiva shahridagi Ichanqal’a muzey qo‘riqxonasi hudidagi Tosh-hovli majmuasiga o‘rnatilgan “Akfa” romi Ilmiy-ekspert Kengashidan ruxsat olmasdan o‘rnatilgani aniqlangan. Shu bois bu holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib o‘rganib chiqilgan va mavjud muammo bartaraf etilgan. 

“Vazir topshirig‘i bilan hujjatlar Respublika Prokuraturasiga oshiriladi, madaniy meros ob’ektlariga yekazilgan zarar uchun aybdorlar javobgarlikka tortiladi”, deyiladi Madaniyat vazirligi xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 martdagi 265-sonli Qarorining 11-ilovasi asosan Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti Kengashining madaniy meros ob’ektlarida olib boriladigan har qanday ta’mirlash va tiklash ishlari bo‘yicha bajariladigan ishlar smeta loyihalari taqdim etilgan holda, Ilmiy xulosa olish belgilangan


Maqola muallifi

Teglar

Madaniyat vazirligi

Baholaganlar

162

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing