Internet tezligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Texnologiya

image

Monash universiteti, Svinbern texnologiya universiteti va Melburn Qirollik texnologiya universiteti (MQTU) tadqiqotchilari muhim yutuq haqida ma’lum qildilar. Mutaxassislarning aytishicha, ular Internet tezligining dunyo bo‘yicha yangi rekordini o‘rnatishdi.

Ta’kidlanishicha, olimlar sekundiga 44,2 terabit tezlikka erishgan. Ushbu tezlik bir sekundda 100 GB lik 50 dan ortiq Ultra HD Blu-ray disklaridagi ma’lumotni yuklab olish uchun yetarli hisoblanadi.

Sinov Melburn shahridagi MQTU kampusi va Klashton shahridagi Monash universiteti o‘rtasida tortilgan optik tolali aloqa kanali orqali o‘tkazildi. Erishilgan tezlik jahon rekordi deb qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 may kuni Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi 2020 yilning aprel oyi yakunlariga internet tezligi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilgandi. Unda O‘zbekistonning internet tezligi bo‘yicha reytingdagi o‘rni ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Internet tezligi

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing