O‘zbekiston internet tezligi reytingida pastladi. Pastlaydiyam-da!

Texnologiya

image

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda pastlashda davom etmoqda. Bu safar yana bir pog‘ona pastladi. 

Gap shundaki, Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net internet-servisi joriy yilning mart oyi yakunlari bo‘yicha dunyo bo‘ylab mobil va simli internet tezligini ifodalagan Speedtest Global Index reytingi natijalari e’lon qildi. Mazkur reytingda O‘zbekiston 127-o‘rinni egalladi. 

Unda qayd etilishicha, mamlakatdagi internet tezligi 9,49 Mbit/s.ni tashkil etmoqda. 

Simli internet tezligi bo‘yicha natija maqtangulik emas. Bunda O‘zbekiston 11,81 Mbit/s. tezlik bilan 178 davlat orasida 131-o‘rindan joy oldi.

Mazkur reytingda mobil internet tezligi bo‘yicha 1-o‘rinni 67,54 Mbit/s. tezlik bilan Norvegiya, simli internet bo‘yicha 1-o‘rinni 199,62 Mbit/s. tezlik bilan Singapur qayd etgan. 

“O‘zbektelekom” AK rasmiylari 2018 yilning 1 dekabridan internet tezligi Prezident Mirziyoyev aytganidek 10 baravarga oshirilishini va’da qilgan edi. Biroq, natija kutilganidek bo‘lgani yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili fevral va avgust oylarida internet xizmatlari ko‘rsatish sohasida kamchiliklar yuzasidan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazib, mamlakatda internet sifatida juda past darajada ekani, MDH mamlakatlarida bu yo‘nalishda ortda qolinayotgani haqida gapirgan edi. Bu orada “O‘zbektelekom” AK va Axborot va kommunikatsiyalar vazirligida rahbariyat o‘zgargan bo‘lsada, aytarli natijaga erishilgani yo‘q. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Internet tezligi

Baholaganlar

100

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing