AOKA Stiv Sverdlov va “The Diplomat” jurnalistining iddaolariga raddiya berdi
Jamiyat
−
21 dekabr 2019
4858Kecha, 20 dekabr kuni “The Diplomat” xalqaro internet jurnali muharriri Keti Puts (Katie Putz) Twitter`dagi sahifasida Toshkentdan inson huquqlari bo‘yicha xorijiy veb-resurslariga kira olmayotgani haqida yozib qoldirdi.
“Toshkentda “Ahrca” sahifasiga kirib bo‘lmayapti. Huquqni muhofaza qiluvchi tanqidiy va yangiliklar saytlari bloklanishiga barham berish kerak”, degan Keti Puts.
Bunga javoban “Human Rights Watch” tashkilotining Markaziy Osiyodagi sobiq vakili Stiv Sverdlov inson huquqlari bo‘yicha tanqidiy veb-resurslarga (Ahrca, IPHR, UGFHumanRights, nhc.no) O‘zbekistonda kirish imkoniyati cheklanganini bildirdi.
“Darhaqiqat. Aftidan, tanqidiy huquqni himoya qiluvchi saytlar (@ahrca @IPHR) boshqa saytlar qatori (@UGFHumanRights. @nhc_no ) O‘zbekistonda bloklab qo‘yilgan. @nhc_no O‘zbekistonda o‘tgan haftada bloklangandi”, degan Sverdlov Twitter`dagi sahifasida.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mutaxassislari o‘rganish olib bordi va natijalarni ma’lum qildi. Qayd etiliishcha, O‘zbekistonda yuqorida tilga olingan veb-resurslarga kirishga cheklovlar mavjud emasligi aniqlandi.
“O‘zbekistonda xorijiy yangiliklar saytlari hamda inson huquqlari bo‘yicha veb-resurslarga bo‘lgan cheklovlar allaqachon bartaraf etilgan. O‘zbekistonning axborot siyosati cheklov va taqiqlarga emas, balki ochiqlikni ta’minlashga qaratilganini yana bir bor eslatib o‘tmoqichimiz”, deydi AOKA Matbuot kotibi Hikmatilla Ubaydullayev.
LiveBarchasi