Rossiyada Human Rights Watch faoliyati “nomaqbul” deb topildi
Olam
−
28 noyabr 1719 2 daqiqa
Rossiya Adliya vazirligi Bosh prokuratura talabi bilan AQSHning Human Rights Watch tashkilotini Rossiyada faoliyati “nomaqbul” deb topilgan xorijiy va xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqdagi ma’lumot vazirlik saytida e’lon qilindi.
Human Rights Watch (HRW) – dunyodagi eng yirik xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkilotlaridan biri. U 1978 yilda AQSHda tashkil etilgan va dastlab sotsialistik blok mamlakatlarida inson huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish bilan shug‘ullangan. Vaqt o‘tishi bilan tashkilot faoliyati kengayib, global tus olgan va o‘nlab davlatlarda inson huquqlari buzilishi holatlarini o‘rganishni boshlagan.
Human Rights Watchning asosiy vazifasi – kamsitish, zo‘ravonlik, harbiy jinoyatlar, siyosiy repressiyalar va xalqaro gumanitar huquqning buzilish faktlarini aniqlash. Buning uchun tashkilot xodimlari tekshiruvlar o‘tkazadi, guvohlarni so‘roq qiladi, hujjatlarni o‘rganadi, mojaroli hududlar va qamoqxonalarga tashrif buyuradi. Yig‘ilgan ma’lumotlar asosida HRW tematik hisobotlar va dokladlar e’lon qiladi, ular inson huquqlarini buzayotgan hukumatlar, armiyalar va korporatsiyalar ustidan bosim o‘tkazish vositasiga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi AQSHning Yale universiteti faoliyatini mamlakat hududida nomaqbul deb tan olish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Qarorda universitet faoliyati Rossiyaning hududiy yaxlitligini buzish, davlatning xalqaro blokadasi va uning iqtisodiy asoslariga putur yetkazish, shuningdek, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgani qayda etilgan.
Live
Barchasi