“Inter” vitse-prezidenti Messining Milan klubiga o‘tish imkoniyatlarini baholadi
Sport
−
01 mart 2023 4661 1 daqiqa
“Inter” vitse-prezidenti Xaver Zanetti PSJ futbolchisi Lionel Messi 2022 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganiga izoh berdi. Bu haqda Zanetti ESPN'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Men uchun Messi futbolning mohiyatidir va u buni butun faoliyati davomida ko‘rsatib kelgan. Leo 2022 yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga to‘liq loyiq edi. JCH-2022 finalidan so‘ng men maydonga chiqdim va uni quchoqlab oldim, orzum amalga oshishiga yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirdim. Leoning “Inter”ga kelishi qiyin masala va menimcha, u bizga biroz qimmatlik qiladi”, deydi Zanetti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Best” sovrini uchun O‘zbekiston vakillari kimlarga ovoz bergani ma’lum bo‘lgandi. Terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets futbolchilar so‘rovnomasida Mbappeni tanlagandi.