“Inter” muddatidan oldin Italiya chempioni bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 3 may kuni Milaning “Inter” jamoasi Italiya A Seriyasi 35-tur doirasida “Parma”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa milanliklar turnir yakuniga uch tur qolganda mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

“Parma”ga qarshi uchrashuvda “Inter” Markus Tyuram va Genrix Mxitaryanning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, “Inter” ochkolarini 82 taga yetkazdi va ikkinchi o‘rindagi “Napoli”dan (70 ochko) 12 ochko oldinlab ketdi. “Parma” esa, 42 ochko bilan 12-o‘rinda qolmoqda.

Ushbu chempionlik “Inter” jamoasi uchun o‘z tarixida 21-A Seriya chempionligi hisoblanadi.  Bu borada faqat “Yuventus” (36 marta) “neradzurilar”dan oldinda turibdi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum A Seriya chempionligini “Napoli” jamoasi qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

A Seriya chempion “Inter”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing