“Inter” Lukaku uchun qancha to‘lamoqchi? 

Sport

image

Italiyaning “Inter” klubi yaqin kunlarda Londonning “Chelsi” klubiga belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqadi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “neradzurrilar” 30 yoshli hujumchi uchun 30 million yevro taklif qiladi. Shu haftada “Inter” va “Chelsi” vakillari videokonferensiya orqali navbatdagi muzokaralarni o‘tkazadi.

Lukaku o‘tgan mavsumda “Inter”da ijara asosida o‘ynagandi. Kelishuv muddati tugadi, biroq Milan klubi Romelu bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi.

2022/2023 yilgi mavsumda Lukaku 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Belgiyalik futbolchi o‘tgan mavsum “Inter” bilan Yevropa Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib bordi. Finalda Italiya klubi “Manchester Siti”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. A Seriyada esa “Inter” 3-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Inter Romelu Lukaku

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made