“Inter” klubi prezidentiga nisbatan ish ochildi
Sport
−
04 mart 2020
4889“Inter” klubi prezidenti Stiven Jan A seriya rahbari Paolo Dal Pinoni masharaboz, deb atagani uchun Italiya futbol federatsiyasi unga qarshi ish ochdi.
Italiyada koronavirus keng tarqalgani sababli, A seriyaning 26-turidan o‘rin olgan “Yuventus” - “Inter” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv joriy yilning 9 mart kuniga belgilandi. Shuning uchun, 27-tur o‘yinlari biroz oldinga suriladigan bo‘ldi. O‘yin kuni o‘zgaravergani sababli, “Inter” klubi prezidenti 26 yoshli Stiven Jan A seriya rahbari Paolo Dal Pinoni masharaboz, deb atagan. Shu sababli unga qarshi ish ochilgan.
Bundan avval ushbu bahs, muxlislarsiz bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi. Endi ishqibozlar uchrashuvni stadiondan turib tomosha qilishiga ruxsat berilgani aytilmoqda. Faqat stadionga kelgan ishqibozlar qattiq tekshiruvdan o‘tishi va maxsus xodimlarga yashash manzili to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Italiya futbol federatsiyasi “Kalyari” jamoasiga nisbatan ish ochgan edi. Sababi, “Inter” - “Kalyari” jamoalari o‘rtasidagi bahsda, “Kalyari” klubi muxlislari “Inter” jamoasi futbolchisi Romelu Lukakuni “maymun”, deya haqorat qilishgandi.
Jahongir Sotvoldiyev
LiveBarchasi