“Inter” argentinalik futbolchini qo‘lga kiritmoqchi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasining ijara asosida Italiyaning “Komo” klubida ajoyib o‘yin namoyish etayotgan argentinalik futbolchisi Niko Pasning transferi uchun “Inter” kurashga qo‘shildi. Milanliklar futbolchi uchun 58 million yevro taklif qilmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

20 yoshli futbolchi A Seriyaning dastlabki 7 uchrashuvida 8 ta golda bevosita ishtirok etdi. Ulardan 4 tasini o‘zi kiritgan, yana 4 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Pas “Komo” safida markaziy va hujumkor yarim himoyachi sifatida jamoaning eng muhim futbolchilaridan biriga aylangan.
Klub sport direktori Karlalberto Ludi argentinalik futbolchining “Real Madrid”ga qaytishini kutayotganini, biroq bu jarayon cho‘zilmasligiga umid bildirdi. Shunga qaramay, “Inter” rahbariyati Niko Pasni o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy harakatga kirishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, milanliklar Pas uchun 58 million yevrolik taklif tayyorlamoqda. Agar bu taklif rasmiylashtirilsa, “Real Madrid”ning Nikoni qaytarib olish uchun shartnomasidagi bandni faollashtirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Manbalarga ko‘ra, “Inter”ning bu qiziqishi bejiz emas. Klub vitse-prezidenti Xaver Zanetti avvalroq Niko Pasning otasi, sobiq futbolchi Pablo Pas bilan uchrashgan va futbolchining ehtimoliy transferi to‘g‘risida suhbatlashgan.  

“Inter” va “Real Madrid” o‘rtasidagi munosabatlar ijobiy bo‘lsa-da, Milanda Pas atrofida raqobat kuchayishi kutilmoqda. Muzokaralar allaqachon boshlangan va bu transfer yozga qadar amalga oshirilishi taxmin qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

A Seriya “Real Madrid” “Komo”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing