Insulinni organizmga ukolsiz yetkazib beruvchi robot-kapsula yaratildi

Salomatlik

image

AQSHning Massachusets texnologiya instituti olimlari insulinni organizmga ukolsiz yetkazib beruvchi robot-kapsula yaratdi.

Qandli diabetning birinchi turidan aziyat chekuvchi bemorlar doimiy ravishda insulin moddasini qabul qilishlari kerak. Qayd etish lozimki, in’eksiyaning teri ostiga yuborilishi ko‘pchilik uchun qiyinchilik tug‘diradi.

AQSHning Massachusets texnologiya instituti olimlari ushbu muammo yechimini topish maqsadida izlanishlar olib bordi. Natijada organizmga insulin va boshqa dori vositalarini ukolsiz yetkazib beruvchi maxsus robot ixtiro qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, yangi “RoboCap” qurilmasining ko‘rinishi xuddi dori kapsulasiga o‘xshash. Uning bir uchiga zarur preparat rezervuari o‘rnatiladi, ikkinchi tomonidan esa moslamani harakatlantiruvchi, uni oshqozon kislotasidan himoya qiladigan va ichak shilliq qavatlaridan o‘tishiga imkon beruvchi mitti mexanizm joy oladi. Qurilmaning yuza qismi jelatin moddasi bilan qoplangan.

Dastlab olimlar “RoboCap” qurilmasini jonivorlarda sinab ko‘rgan.  Moslamaning hayvonlar organizmiga insulin va boshqa zarur preparatlarni beziyon va samarali yetkazib berish vazifasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, endi bu qurilma insonlarda klinik sinovdan o‘tkaziladi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Insulin robot-kapsula

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar