Institut yer maydoni Toshkent shahar hokimligiga beriladi
Jamiyat
−
27 dekabr 2019
9190Fanlar Akademiyasiga qarashli Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish texnologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining 58,36 gektar yer maydoni Toshkent shahar hokimligiga ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasida keltirib o‘tildi.
Qaror loyihasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalarini ko‘chirish, olimlar ehtiyoji va ilm-fan rivoji uchun zarur bo‘lgan barcha zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek shaharcha hududini kengaytirib, institutlar uchun binolar, yangi uy-joylar, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi va dam olish maskanlarini quriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining, Toshkent viloyati hokimligining hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Olimlar shaharchasiga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish texnologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining yer maydonini ajratish to‘g‘risidagi takliflari inobatga olinadi.
Toshkent viloyati hokimligi tasdiqlangan Bosh rejasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish texnologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining tuproq unimdorligi 85,5 ballni tashkil etuvchi 58,36 gektar yer maydoni Toshkent shahar hokimligiga ajratiladi.
Yerdan foydalanuvchining olib qo‘yilgan yer maydoni o‘rniga teng miqdorda yer maydoni ajratiladi.
Toshkent shahar hokimligiga ajratilayotgan yer maydoni qishloq xo‘jaligi yerlari toifasidagi yerlardan iboratligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 86 va 87-moddalariga asosan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash hamda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash, hisoblangan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari mablag‘larini Toshkent viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining maxsus hisob raqamiga o‘tkazish, ajratilgan yer maydonlaridan qat’iy ravishda Bosh loyiha rejalari bo‘yicha foydalanish vazifalari yuklatiladi.
Ma’lumot uchun, qaror loyihasi joriy yilning 26 dekabrdan 7 yanvarga qadar muhokama qilinadi. Shu muddat mobaynida loyihaga o‘zgartirish kiritilishi yoki tasdiqlanmasligi mumkin.
LiveBarchasi