Instagram foydalanuvchilari uchun yangi “funksiya”ni taqdim etdi

Texnologiya

Instagram Live Producer'ni taqdim etdi. Bu orqali foydalanuvchilar jonli efirlarini brauzerdan, kompyuterdan ishga tushirish mumkin.

Live Producer tarmoq foydalanuvchilari uchun qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?

Live Producer Instagram translyatsiyalari imkoniyatlarini ancha kengaytiradi. U odamning xiralashtirilgan rasmi o‘rniga professional video ketma-ketligini yaratishga imkon beradi: kameralar va mikrofonlarni almashtirish, splash ekranlar hamda efirdan efirga o‘tish vaqtida 1280x720 pikselli o‘lchamda soniyasiga 30 ta sifatli kadrni namoyish etish.

Bundan tashqari, u oldindan yozib olingan videolarni jonli sifatida chiqarish imkonini beradi. Buning uchun qo‘shimcha xizmat talab qilinadi - LiveReacting.

Bularning barchasi to‘xtovsiz jonli efir translyatsiyasini yo‘lga qo‘yishga imkon beradi. 

Bu kabi imkoniyatlarni yoqish uchun nima qilish kerak?

Buning uchun OBS, Streamlabs yoki Streamyard dasturlarini yuklab olish va ularning ma’lumotlarini bir-biriga bog‘lab chiqish zurur.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing