Kurs UZS

USD

12 980.89

11.33

EUR

14 722.93

-45.51

RUB

158.67

1.58

Instabloger “Jasjan” qamaldi

3-sahifa

image

Instagram'da “Jasjan” nomi bilan tanilgan Jasur Shodiyev Toshkent shahridagi bog‘larning birida o‘tkinchi qiz bilan mojaro chiqarib, uni videotasvirga olgani uchun jazolandi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, voqea joriy yilning 13 yanvar kuni Shayxontohur tumanida joylashgan Tashkent City bog‘ida sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan Jasur Shodiyev 2005 yilda tug‘ilgan S.S. bilan jamoat joyida janjal chiqargan. O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida ushbu holat bloger va uning tanishi S.S. tomonidan o‘zaro sahnalashtirilgani va ijtimoiy tarmoqda joylashtirish uchun videoga olingani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudiga yuborilgan.

Sud blogerga 5 sutka ma’muriy qamoq, uning sherigiga esa BHMning 1 baravari miqdorida ma’muriy jarima jazosi tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jazolangandi.


Maqola muallifi

Teglar

mojaro qamaldi instabloger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing