Inspektorlar bilan tezkor aloqa uçun maxsus qurilmalar örnatiladi
O‘zbekiston
−
1530 2 daqiqa
Özbekistonda 2027 yil 1 fevraldan boşlab fuqarolar profilaktika inspektorlari bilan kunning istalgan vaqtida tezkor boğlanişi uçun maxsus aloqa tugmalari joriy etiladi. Qurilmalar inspektorlarning mahalladagi xizmat xonalari eşiklariga örnatiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 25 noyabrdagi “Profilaktika inspektorlari faoliyatini mahalla hududida taşkil etiş va aholiga yanada yaqinlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 639-son qarorida belgilangan.
Qarorga köra, aloqa tugmalari profilaktika inspektorlari xizmat xonasida bölmagan vaqtda aholiga ularga murojaat va xabar yuboriş imkonini beradi. Qurilmalarning işlaş holati hududiy içki işlar organlari tomonidan nazorat qilinadi. Fuqarolarning tugmalar orqali yuborgan murojaatlari va xabarlari bilan boğliq şaxsiy ma’lumotlari qonunçilikda belgilangan tartibda himoya qilinadi.
Rejaga muvofiq, respublika böyiça jami 8 837 ta xizmat xonasi bosqiçma-bosqiç şunday qurilmalar bilan jihozlanadi. 2027 yilda 2 941 ta, 2028 yilda esa qolgan 5 896 ta xizmat xonasiga aloqa tugmalari örnatiladi.
Bunda profilaktika inspektorlariga aloqa tugmalari orqali murojaat va xabar yuboriş imkoniyati içki işlar organlarining qisqa raqamlari hamda 112 yagona dispetçerlik xizmatiga murojaat qilişning muqobil tartibini bekor qilmaydi.
Aloqa tugmasi orqali murojaat yoki xabar yuborilganda, profilaktika inspektorining xizmatda foydalaniş uçun ajratilgan maxsus planşeti yoki mobil qurilmasiga ovozli signal keladi. Agar mahallada ikki yoki undan ortiq profilaktika inspektori xizmat qilsa, xabar ularning barçasiga bir vaqtning özida yuboriladi. Har bir inspektor kelib tuşgan murojaat yoki xabarni 5 daqiqa içida qabul qiliş çoralarini körişi lozim. Uni birinçi bölib qabul qilgan inspektor murojaatni örganib çiqadi.
abar yuzasidan tezkor çora köriş talab etilsa, inspektor zudlik bilan hodisa joyiga yetib boradi yoki hududdagi boşqa içki işlar organlari mas’ul xodimlarini jalb qiladi. Boşqa davlat organlari vakolatiga kiradigan murojaat va xabarlar esa maxsus planşet yoki mobil qurilma orqali real vaqt rejimida 112 yagona dispetçerlik xizmatiga yuboriladi. U yerda ular zudlik bilan röyxatdan ötkazilib, belgilangan tartibda körib çiqiladi.
Aloqa tugmalari orqali kelib tuşgan murojaat va xabarlar profilaktika inspektorlari, tegişli içki işlar organlarining boşqa sohaviy xizmatlari yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qonunçilikda belgilangan tartib va muddatlarda körib çiqiladi. Natijasi böyiça fuqaroga javob xati yuboriladi.
Live
Barçasi