Insoniyat yangi xavfli pandemiyadan ogohlantirildi

Bu qiziq

image
Dunyoda koronavirusdan ham xavfli virus paydo bo‘lishi mumkin — JSST  north_east

Dunyoda koronavirusdan ham xavfli virus paydo bo‘lishi mumkin — JSST 

Maymunlardagi chechak kasalligi dunyoda yangi epidemiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday taxminni ilgari surayotgan rossiyalik olimlar bu infeksiya insoniyatga tojdor virusdanda jiddiyroq xavf solishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Moskva davlat universiteti Biologiya fakulteti virusologiya kafedrasi professori Aleksey Agranovskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu virus haqiqatan ham xavfli bo‘lishi mumkin, maymunlarda uchraydigan chechaklar azaldan yangi epidemiyalarni keltirib chiqargan.

Maymunlarda kuzatiladigan yangi turdagi chechak fanda Monkeypox virusi deyiladi. U poxviruslar oilasiga tegishli. Odam virusga chalingan jonivorning qoni, biologik suyuqligi va terisi hamda uzoq muddatli bevosita muloqot vaqtida havo tomchilari orqali kasallikni yuqtirib olishi mumkin.

Asosiy alomatlar: kuchli bosh og‘rig‘i, yuqori harorat, mushaklarda og‘riq, limfa tugunlari shishishi, terida toshma (ko‘pincha yuz, kaft va oyoqlarda) paydo bo‘lishidir.

Virusologiya professori Aleksandr Chepurnov Aleksey Agranovskiyning fikriga qo‘shildi, ammo u maymunlardan odamlarga chechak yuqishi ehtimoli juda kamligini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatlar juda kam uchraydi va yuqumlilik darajasi past. Bundan tashqari, olimning ta’kidlashicha, chechakka qarshi vaksina mavjud bo‘lib, uni takomillashtirish davom etmoqda.

“Mavjud vaksina juda samarali, ammo reaktogen (jiddiy salbiy reaksiyalarni keltirib chiqaradigan) ekan, bir qator olimlar o‘z ishlarini davom ettirmoqdalar”, dedi Chepurnov.

Monkeypox’ning dastlabki turlari insoniyatni azob-uqubatlarga olib kelgan eng dahshatli virusli kasalliklardan biri bo‘lgan. Unga chalingan har o‘n kishidan uchtasi halok bo‘lgan. Tirik qolganlar ko‘pincha nogiron yoki ko‘r bo‘lib qolgan.

1980 yilda aholini immunizatsiya qilish bo‘yicha global miqyosdagi sa’y-harakatlardan so‘ng, dunyo bo‘ylab chechak rasman yo‘q qilindi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu tadbirni tarixdagi eng muvaffaqiyatli emlash kampaniyasi sifatida nishonlagan edi.

Kamola Amirova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

381

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing