Inson miyasini modellashtirish algoritmi kashf etildi

Salomatlik

image

Rossiya Fanlar akademiyasi Mashinasozlik institutining “Murakkab mexanik tizimlar, tarmoqlar va muhitlarni raqamlashtirish, tahlil va sintez qilish” xalqaro laboratoriyasi olimlari Tel-Aviv universiteti professori Emiliya Fridman boshchiligida turli sharoitlarda inson miyasini modellashtirish imkonini beradigan noyob matematik algoritmni kashf etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu algoritmdan foydalanish turli ruhiy kasalliklarni o‘rganish, shuningdek, implantlarni boshqarish uchun “miya-kompyuter” interfeysini yaratish imkonini beradi.

“Kelgusida biz o‘z natijalarimizni epilepsiya va diqqat yetishmovchiligi giperaktivligi buzilishi kabi kasalliklarni o‘rganish, shuningdek, fikr kuchi bilan robotlarni boshqarishga imkon beradigan neyroprotezlash sohasida faol foydalanilayotgan “miya-kompyuter” interfeysini yaratish uchun ishlatmoqchimiz”, deya qo‘shimcha qilgan Mashinasozlik instituti matbuot xizmati.

Inson miyasi 80 milliarddan ortiq neyronlardan iborat. Bunday murakkab organning to‘liq va keng qamrovli modellarini yaratish jahon ilm-fanida hal qilinmagan muammo bo‘lib qolmoqda. Biroq, Sankt-Peterburgdagi Xalqaro laboratoriya olimlari guruhi bu maqsadga yaqinlashish va turli sharoitlarda, jumladan ekstremal sharoitlarda miya ishining muayyan rejimlarining modellarini yaratish yo‘lini qidirmoqda.
Olimlarning yechimi FitsXyu-Nagumo matematik modeliga asoslangan bo‘lib, u allaqachon individual miya hujayralarini yoki ularning populyatsiyalarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Biroq, bu model bir vaqtning o‘zida milliardlab neyronlarni simulyatsiya qilishiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli cheklovlarga ega.

Rossiya Fanlar akademiyasining Mashinasozlik instituti laboratoriyasi mutaxassislari neyronlarning membrana salohiyati, ya’ni turli sharoitlarda miya hujayralari devorlarining kuchlanishini o‘lchashga e’tibor qaratdilar. Ushbu ma’lumotlarga tezlik gradiyenti matematik usullari va differensial filtrlari qo‘llaniladi, ular taniqli FitsXyu-Nagumo modeli bilan birgalikda inson miyasini modellashtirish imkoniyatlarining yangi darajasiga erishish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya miya model'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing