Insayderlar iPhone 18 Pro xususiyatlarini ochiqladi

Texnologiya

image

Insayderlar iPhone 18 Pro’ning o‘ziga xos jihatlarini ma’lum qildi. Bu haqda “PhoneArena” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, yangi iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellari odatiy dizayn, o‘zgaruvchan diafragmali kamera va kattalashtirilgan akkumulyator bilan ta’minlanadi.
Qurilmalarning asosiy xususiyatlaridan biri sifatida kichiklashtirilgan Dynamic Island (ekrandagi kesik) qayd etilgan. 

Shuningdek, smartfonlar Apple tarixidagi eng kuchli protsessor — A20 Pro bilan jihozlanadi.

18 Pro va 18 Pro Max modellari o‘zgaruvchan diafragmali kameraga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bu sensorga tushadigan yorug‘lik miqdorini boshqarish, tasvirga olish jarayonini aniqroq sozlash va tasvir chuqurligini (bokeh) yaxshilash imkonini beradi.

Muhokama qilinayotgan funksiyalar qatorida 5G sun’iy yo‘ldosh aloqasini qo‘llab-quvvatlash ham bor. Qurilmalar Apple tomonidan ishlab chiqilgan yangi C2 modemi bilan chiqadi. Shuningdek, smartfonlarga sig‘imi 5200 mAchdan boshlanuvchi kengaytirilgan akkumulyatorlar o‘rnatiladi.

iPhone 18 Pro va 18 Pro Max taqdimoti sentyabr oyida bo‘lishi kutilmoqda. iPhone 18 seriyasining bazaviy modeli esa 2027 yil boshida namoyish etiladi. Ushbu gadjetlar yangi ranglarda — to‘q qizil, qahvarang va binafsha ranglarida taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple kompaniyasi 17-avloddagi eng arzon smartfon – iPhone 17e chiqqanini e’lon qilgan edi. Uning narxi 599 dollardan boshlanadi. O‘tgan yili iPhone 16e ham xuddi shu narxda sotilgan edi, biroq uning xotirasi ikki baravar kam edi – iPhone 17e’da 256 gigabayt.


Maqola muallifi

Teglar

iPhone 18 Pro Insayderlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar