Inouening navbatdagi jangi sanasi aniq bo‘ldi. Raqib Ahmadaliyev emas

Sport

image

Ikkinchi yarim yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoue o‘zining navbatdagi jangini yozda o‘tkazadi. Bu haqda “The Ring” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 15 iyun kuni Inoue Amerikaning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi boks oqshomida jang qiladi, uning raqibi WBC reytingida birinchi raqamli da’vogar, meksikalik Devid Pikasso bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Naoe Inoue 31 yoshda. Yaponiyalik bokschi 2012 yilda professional debyutini o‘tkazgan va 6-jangida jahon chempioni bo‘lib, yengil vazn toifasida (50,8 kg gacha) WBC chempionligini qo‘lga kiritgan. Keyinchalik u ikkinchi yengil vaznda (52,2 kg gacha), shuningdek, eng yengil (55,3 kg gacha) va ikkinchi eng yengil vaznda mutlaq chempion bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Murodjon Ahmadaliyevning promouteri, “Matchroom Boxing” promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn Butunjahon boks assotsiatsiyasini (WBA) yaponiyalik jahon chempioni Naoya Inouedan tashkilot kamarini olib qo‘yishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Murodjon Ahmadaliev Naoya Inoue

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing