Inqiroz o‘z yo‘liga. Putin Rossiya qurollanishda davom etishini bildirdi

Olam

image

Rossiya har qanday sharoitda ham u inqiroz yoki boshqa holat bo‘ldimi qurolli kuchlarini isloh qilishni va takomillashtirishni to‘xtatmaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigida aytilgan. Telegramma Kreml saytida e’lon qilindi.

“Qurolli kuchlarni rivojlantirish va takomillashtirishda davom etamiz. Har qanday sharoitda ham barcha turdagi qo‘shinlarni mustahkamlash bo‘yicha rejalarni amalga oshiramiz. Ularni eng zamonaviy qurol va texnikalar bilan, jumladan dunyoda analogi bo‘lmagan yuqori aniqlikka ega strategik qurollar, gipertovushli tizimlar, dronlar va avtomatlashtirilagn zarbdor komplekslar bilan ta’minlaymiz”, deyiladi tabrikda.

Putin harbiy ta’limda intensivlikni oshirish muhimligini ta’kidladi. Jumladan, Rossiya armiyasi va floti kelajagini belgilab beruvchi eng yuqori texnologiyalarni qo‘llagan holda qo‘qqisdan tekshiruv vaqtida askarlarning hamkorlikda harakatlanishining yangi shakllarini ishlab chiqish kerakligi qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya qurol

Baholaganlar

350

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing