“INFINITY”: MEGAPOLIS MARKAZIDAGI TABIAT “YURAGI”
Biznes
−
22 aprel 2021
5319“Golden House” kompaniyasi “INFINITY” qarorgohining Spirit uyidagi xonadonlarning sotilishi boshlangani haqida xabar beradi.
Jadal sur’atlarda kengayib borayotgan zamonaviy megapolisning farovonlik va qulaylik darajasi bilan hamohang tarzda davom etayotgani kishini nafaqat, uy-joy masalasida, balki obod va nufuzli tumandan elita klassiga mansub xonadon xarid qilish xususida ham o‘ylashga undaydi. Buning, albatta, imkoni bor, ya’ni endilikda orzularingiz osongina amalga oshishi mumkin, qachonki sarmoyangizni to‘g‘ri maqsadda joyiga sarflay olsangiz. Masalan jahon tajribasiga ko‘ra, ko‘chmas mulkkning hali qazish bosqichidayoq unga sarmoya kiritish tannarxni 40 foizgacha tejashi mumkin.
Purviqor tog‘lar “yuragi”da
“INFINITY” – geografik jihatdan qulay hudud hisoblangan poytaxt markazida joylashgan, g‘arbiy Tyan-Shan tog‘laridagi Chotqol tizmasining butun go‘zalligini borligicha namoyon eta oluvchi ajoyib loyihadir. Bu uslub, qulaylik va shaxsiy hayotni qadrlaydigan muvaffaqiyatli odamlarning tanlovidir. Ta’kidlash joizki, “INFINITY” turar-joy majmuasi o‘z aholisiga lyuks klassiga mansub shahar hashamiti bilan birga musaffo havo va erkinlik hissini ham tuhfa etadi. Loyihadagi beshta uydan biri hisoblangan Spirit hozirda xarid qilib olish uchun barchaga birdek ochiqdir.
E’tirof etish joizki, “INFINITY” majmuasidagi beshta uyning har biri puxta o‘ylangan me’moriy yechimlari bilan e’tiborni tortadi. Majmua me’morchiligi tabiat bilan uyg‘un ravishdadir. Ayniqsa, butun hovli hududining o‘yin maydonchalari va maxsus sayr qilish joylari bilan boyitilgani kishilarning ochiq havoda dam olib hordiq chiqarishga bo‘lgan istagini birmuncha oshiradi. Derazalar qarshisida aks etgan go‘zal manzarali ko‘rinish esa purviqor tog‘lar bilan o‘ralgan shahar manzarasidan bahra olish imkonini beradi.
Narxlar dinamikasi
Hech kimga sir emaski, ko‘chmas mulk sotuvga endi qo‘yilgan vaqtda ishlab chiquvchi ham biznes uchun, ham mijoz uchun maqbul va manfaatli bo‘lgan narxlarni belgilaydi. Ya’ni bunda narxlar mijozlarni jalb qilibgina qolmay, xonadonni kechiktirib xarid qilgandagiga nisbatan sarmoyani 30-40 foizga tejashda qo‘l keladi.
Keling, nima sababdan manfaatli xarid vaqt masalasi ekanligi borasidagi sirlarimiz bilan o‘rtoqlashsak. Odatda, qazish ishlari tugab, inshoot poydevori qad rostlay boshlashi bilan imorat narxi 5-7 foizga ko‘tariladi. Bino tom qismini montaj qilish va o‘rnatish bosqichida esa, uyning kvadrat narxi yana 10-15 foizga oshadi. Bu degani shuki, ortiqcha to‘lovni ikki baravar qimmatroq narxda amalga oshirmaslik uchun uyni davlat komissiyasi tomonidan qabul qilish va foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan darajaga, ya’ni so‘nggi 20 foizgacha bo‘lgan narx ko‘tarilishini kutishingiz shart emas.
Axir pulni tejash istagida bo‘lganlarning asosiy qoidasi: qurilish binosi qanchalik yashashga tayyor holda bo‘lsa, kvadrat metr ham shunchalik qimmatga tushadi.
Yana bir xonadon sovg‘aga!
Shuni alohida e’tirof etish joizki, “Golden House” brendi ostida qurilgan uylarning barchasi mijozlar orasida mashhur, maqbuldir va shu bois ham ularga talab hamisha yuqoridir. “INFINITY” turar-joy majmuasining beshta uyidan ikkitasi deyarli sotib bo‘lindi. Biroq, siz xavotir olmang, chunki majmuaning uchinchi uyi – “Spirit”ning sotuvga qo‘yilgani bois, ushbu muhtasham majmuadan xonadon xarid qilib olish imkoni sizda hali ham mavjud.
Bundan tashqari joriy yilning 15 iyuniga qadar “INFINITY”da ko‘chmas mulk xarid qiluvchi barcha sarmoyadorlar “Golden House”ning bonusini qo‘lga kiritgan holda yana bir xonadonni yutib olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi. Aytish mumkinki, kompaniya tomonidan taqdim etilgan mazkur aksiya nafaqat o‘z vaqtini va pulini qadrlaydigan, balki sarmoya kiritishda oqilona qaror qabul qilishga odatlanganlar uchun munosib yechimdir. Yutuq sifatidagi ikkinchi xonadon esa farzandlaringiz va yaqinlaringiz uchun ajoyib, yoqimli sovg‘a bo‘ladi va hattoki ijara borasidagi biznesingizning debochasi ham bo‘lishi mumkin.
Shunday ekan shoshiling, chunki bahorgi aksiya muddati faqat 15 aprelga qadar amal qiladi va majmuaning ikkita AQUA va TERRA binolarida bo‘sh xonadonlar allaqachon juda ham kam qolgan!
Sizning yangi hayotingiz bugungi kunda eng zamonaviy “Infinity” turar-joy majmuasidan yashash maydonini tanlash orqali boshlanadi!
Batafsil ma’lumotlar sizni savdo ofislarida hamda +998 78 150-11-11 telefon raqamlari orqali, shuningdek infinity-gh.uz veb-saytida kutmoqda.
Markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.
Mo‘ljal: Orient Finans Bank
Call-sentr:(+998) 78−888−18−88.
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi