Infantinoning iste’fosini talab qiluvchi petitsiya boshlandi
Sport
−
14:02 507 1 daqiqa
40 dan ortiq muxlislar tashkiloti FIFA prezidenti Janni Infantinoning iste’fosini va tashkilotda islohotlar o‘tkazilishini talab qiluvchi petitsiyani boshladi. Bu haqda “Change.org” saytida ko‘rish mumkin.
Internetda joylashtirilgan petitsiyada Jahon chempionati huquqlarini sotish g‘oyasi bekor qilingani ta’kidlangan. Biroq petitsiya mualliflariga ko‘ra, asosiy muammo hali ham hal etilmagan va uni zudlik bilan bartaraf etish zarur.
“Bugungi kunda barcha qit’alardagi yuz millionlab muxlislar Janni Infantinoning iste’fosini va bunday vaziyat boshqa hech qachon takrorlanmasligini ta’minlash uchun FIFA’ni isloh qilishni talab qiluvchi global petitsiyani boshlamoqda”, deyiladi petitsiyada.
Shuningdek, muxlislar faqat bir insonning ketishi yetkazilgan zararni bartaraf eta olmasligini ta’kidlamoqda va FIFA’dan islohotlar o‘tkazilishini talab qilmoqda.
Petitsiyaga hozirga qadar dunyo bo‘ylab 16 mingdan ortiq muxlislar imzo qo‘ygan.
Live
Barchasi