Indoneziyada palma yog‘ida ishlovchi samolyot sinovdan o‘tkazilmoqda
Texnologiya
−
08 avgust 2023
2992Indoneziyaning “Garuda Indonesia” aviakompaniyasi Boeing B737-800 NG samolyotlarida, tarkibida 2,4 foiz palma yog‘i bo‘lgan yangi yoqilg‘ini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
Kompaniya Boeing samolyotlaridan birining dvigatellarida palma yog‘i bilan aralashtirilgan reaktiv yoqilg‘ini sinovdan o‘tkazdi. Ushbu ixtiro aviatsiya sohasida zararli moddalar va havo tarkibiga chiqariladigan gazlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan. Shuningdek, Indoneziya palma yog‘ini ishlab chiqaruvchi eng yirik mamlakat hisoblanadi. Bu qazib olinadigan yoqilg‘i importini kamaytirish va yashil iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash strategiyasining bir qismi hamdir.
Joriy yil mamlakat 35 foiz palma yog‘ini o‘z ichiga olgan biodizeldan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi. Bu dunyodagi eng talabgir aralashmalardan biri.
"Ushbu tashabbus yashil va barqaror iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bizning birinchi qadamimizdir. U bizni Indoneziyadagi qayta tiklanadigan energiyani sinovdan o‘tkazgan birinchi tijorat aviakompaniyasiga aylantiradi", dedi Garuda bosh ijrochi direktori Irfan Setiaputra o‘z bayonotida.
Indoneziya Energetika vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, dvigatel sinovidan so‘ng avgust oyida parvoz sinovlari o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, "Perks" YouTube kanali egasi Metyu Perks suvda ishlaydigan o‘ziga xos kompyuter yasadi.
LiveBarchasi