Indoneziyada ko‘chki oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
13:38 547 1 daqiqa
Indoneziyada G‘arbiy Yava orolidagi Bandung provinsiyasida joylashgan qishloqda ko‘chki sodir bo‘ldi. Oqibatda 17 kishi halok bo‘ldi, qariyb 80 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini yumshatish milliy agentligiga tayanib, AFP xabar berdi.
Qayd etilishicha, bir necha ming kishi jalb etilgan qutqaruv ishlari uchinchi kundirki davom etmoqda. Ko‘chki turarjoy mavzelarini vayronaga aylantirgan va o‘nlab odamlarning uylarini tark etishga majbur qilgan.
Mintaqada davom etayotgan yomg‘irlar tufayli tuproq xavfli bo‘lib qolgan, yangi ko‘chki xavfi yuqori bo‘lgani sababli qutqaruvchilar ishlarni ehtiyotkorlik bilan olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda kuchli qor bo‘ronlari oqibatida kamida 61 kishi halok bo‘lgani, 110 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi