Indoneziyada futboldagi to‘polonda 127 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
02 Oktabr 2022
24084Indoneziyaning Malang shahridagi stadionda futbol o‘yini ortidan yuz bergan tartibsizliklarda kamida 127 kishi halok bo‘ldi, 180 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Reuters” agentligi politsiyaga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, mag‘lubiyatga uchragan tomon muxlislari o‘yindan keyin maydonga chiqishgan, politsiya xodimlari esa ularni tinchlantirish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Oqibatda odamlar gaz tufayli nafas olishda qiynalgan.
Shundan so‘ng, bu olomonda vahima keltirib chiqargan. Muxlislar tarqala boshlashi esa tiqilinch, tartibsizliklarga sabab bo‘lgan. Oqibatda ko‘plab odamlar yiqilib, olomonning oyog‘i ostida qolgan.
Indoneziya futbol assotsiatsiyasi rahbari voqea munosabati bilan hamdardlik bildirgan va assotsiatsiya voqeani tekshirish uchun guruh tuzganini bildirgan. Shuningdek, u musobaqaning bir haftaga to‘xtatilishini e’lon qilgan.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi