Indoneziyada 13 kishi vulqon otilishi oqibatida halok bo‘ldi

Olam

image

Indoneziyaning Yava orolida Semeru vulqoni otilishi oqibatida hozirgacha 13 kishi halok bo‘ldi.

BBC’ning mahalliy hokimiyatga tayanib, xabar berishicha, 57 kishi jabrlangan. Ko‘pchilik jiddiy kuyish jarohatini olgan.

OAV odamlarning vulqon bulutlari fonida yugurayotgani tasvirlarini e’lon qilmoqda. Butun boshliq qishloqlar kul va vulqon changlari qatlami ostida qolgan. Uning konsentratsiyasi shu qadar yuqoriki, ba’zi hududlarda chang quyosh nurlarini butunlay to‘sib qo‘ygan va ko‘chalar qorong‘ilashgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 900 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Xavfli hududda 11 ga yaqin qishloq bor.

Qutqaruv ishlari o‘tkir tutun, elektr quvvati yetishmasligi va cho‘kkan kulni loyga aylantirgan tropik yomg‘irlar sabab murakkablashgan.

Ma’lumot uchun, Semeru vulqoni joriy yilning yanvar oyida ham faollashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya vulqon

Baholaganlar

90

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing