Inesta futbolchilik faoliyatini yakunladi
Sport
−
08 Oktabr 2024 5300 1 daqiqa
Ispaniyalik afsonaviy yarim himoyachi Andres Inesta futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda futbolchining o‘zi Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
40 yoshli yarim himoyachi uzoq vaqt davomida “Barselona” sharafini himoya qildi. Andres 2003 yildan 2018 yilgacha kataloniyaliklarning asosiy jamoasida o‘ynagan. Kataloniya jamoasi tarkibida Inesta ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi, jumladan, La Liga va Yevropa Chempionlar ligasi bosh sovriniga ega chiqdi.
“Barsa”dan keyin Inesta Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasida o‘ynadi. Uning oxirgi to‘p tepgan klubi BAAning “Emireyts” klubi bo‘ldi. Yarim himoyachi Ispaniya terma jamoasi safida 131 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urib, Jahon va Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr