Inha universitetiga yangi rektor tayinlandi

Jamiyat

image
Sobiq madaniyat vazirining o‘g‘li O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga rektor bo‘ldi north_east

Sobiq madaniyat vazirining o‘g‘li O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga rektor bo‘ldi

Bobur Sa’dullayevich Abdullayev Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Bobur Abdullayev tayinlovga qadar 2019 yil 16 dekabrdan shu kunga qadar Toshkent shahridagi Amiti universiteti boshqaruvi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.

U Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Koreya Respublikasi Davlat xizmatchilarini o‘qitish markazi institutini tamomlagan. Yangi rektor mehnat faoliyati davomida “O‘zbektelekom” kompaniyasi, AKT vazirligi va “UZINFOCOM” yagona integratorida turli lavozimlarda ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezidentlikka sobiq nomzod Narzullo Naimovich Oblomurodov Agrar universitetiga rektor bo‘lgandi. U 2021 yilgi saylovda Ekologik partiyadan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan va shu yili 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, 4,1 foiz ovoz olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bobur Sa'dullaevich Abdullaev Inha universiteti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar