Sobiq madaniyat vazirining o‘g‘li O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga rektor bo‘ldi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nodirbek Sayfullayev tayinlovga qadar Prezident Administratsiyasi madaniyat va san’atni rivojlantirish shu’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Yangi rahbarni Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov jamoaga tanishtirdi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri  Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov yig‘ilishda ishtirok etib, Nodirbek Sayfullayevni tayinlangan yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabrikladi va kelgusi ishlariga omad tiladi.

Ma’lumot uchun, u 2017-2020 yillarda madaniyat vaziri lavozimida ishlagan Baxtiyor Sayfullayevning to‘ng‘ich o‘g‘li hisoblanadi. Nodirbek Sayfullayev 1975 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yil Toshkent davlat madaniyat institutini, 2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, san’atshunoslik fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyati davomida “O‘zbekteatr” birlashmasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bosh direktor o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. Shuningdek, o‘rindoshlik asosida O‘zbekiston davlat san’at institutining San’atshunoslik kafedrasida pedagoglik faoliyatini olib borgan.

2014 yil martdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bosh mutaxassis, 2016 yil oktyabrdan Madaniyat va san’at masalalari shu’basi mudiri lavozimlarida ishlagan. U 2019 yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimiga tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Sayfullaev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing