“Imtiyozxo‘r monopolist” o‘zbekistonliklarni kulguga qoldirayotgani alamli! – Kusherboyev “UzautoMotors” haqida

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Qozog‘istondagi telekanal O‘zbekiston avtomobilsozligida “UzautoMotors” AJning monopoliyasi o‘rnatilganiga bag‘ishlangan lavha tayyorlagani haqida xabar bergandik.

Unda Oldindan pulini to‘lab qo‘yib avtomobilini ola olmayotgan o‘zbekistonliklar safi 30 mingdan ortgani aytilib, ko‘chalardagi mashinalarning aksari (deyarli barchasi) Chevrolet ekani kulgi ostiga olingan.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev Qozog‘iston telekanali “UzautoMotors” monopoliyasi ustidan kulganiga munosabat bildirdi.

“Mamlakat ichida hurmati deyarli qolmagan monopolistdan xalqqa foyda yo‘qligi allaqachon ma’lum bo‘lgan. Xatto Prezident Shavkat Mirziyoyev ham bu haqida aytib o‘tgan.

Shuncha zarari yetmagandek ushbu “imtiyozxo‘r monopolist”ning xalqaro hamjamiyat va horijda ham misqollab yig‘ilgan mamlakat obro‘si, imijini tushirib, o‘zbekistonliklarni boshqa xalqlar oldida kulguga qoldirayotgani alamli!”, deydi deputat.

Kusherboyev haqini to‘lab, avtomobilini ololmayotgan iste’molchilarga avtomobil yetkazib berish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayni vaqtda horij avtomobillariga nisbatan bojlarni tushirish eng to‘g‘ri yo‘l ekanini ta’kidlagan. Buni hukumatdagi amaldor va mutaxasssislar qo‘llab-quvvatlashlari kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1057

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing