Imtihonsiz “prava” olib berishni va’da qilganlar qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
15 Oktabr
3826Toshkent va Qashqadaryoda imtihonsiz haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Bekobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.Q.” MCHJ avtomaktabi xodimi J.J. 4 nafar fuqaroga go‘yoki Sirdaryo viloyati IIB YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomalarini olib berishini aytib, evaziga fuqaro U.J.dan jami 1 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro M.A. fuqaro N.O.ga go‘yoki Qashqadaryo viloyati IIB YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga jami 300 AQSH dollari va 2,3 mln so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 1,6 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatida o‘quv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlangan edi.
LiveBarchasi