Imtihonda past ball olgan abituriyentlar o‘ziga zarar yetkazishga urinyapti – DTM

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida juda past ball to‘plagan abituriyentlar o‘ziga zarar yetkazishga harakat qilyapti. Bu haqda Davlat test markazi Bosh boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov ma’lum qildi.

“Test sinovlaridan juda kam ball yiqqan abituriyentlarning ota-onalari bizga farzandlarining bundan qattiq tushkunlikka tushgani va o‘ziga zarar yetkazishga harakat qilgani haqida shikoyatlar qilishmoqda”, dedi Diyorbek Qo‘chqorov.

DTM vakili ota-onalarga farzandlarining ruhiyati va imtihonlarga tayyorgarligiga jiddiy e’tibor berish kerakligini ta’kidladi.

“Men bu ota-onalarga murojaat qilmoqchiman: Siz farzandingizni nazorat qiling, shunday ruhiy tushkun holga tushib qolgunga qadar va tushkunlikning oldini olish uchun e’tiborli bo‘ling. Oliy o‘quv yurtiga kirish istagi yuqori bo‘lgan va fanlardan yaxshi tayyorlangan abituriyent hech qachon past ball to‘plamaydi. Bu ball — bolangizning bor real bilim darajasi. Test sinovlariga tayyorgarlik jarayonida e’tiborli bo‘lish — keyingi pushaymonlarning oldini oladi”, dedi Qo‘chqorov.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon DTM

Baholaganlar

205

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing