Imtihon kuni yomg‘ir yog‘sa nima bo‘ladi?
Jamiyat
−
21 avgust 2020 11464 1 daqiqa
Test sinovlari boshlangan kunlarda agarda yomg‘ir yoki shamol kabi tabiat injiqliklari bo‘lsa, test sinovlari boshqa kunga qoldiriladi. Bu haqda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov ma’lum qildi.
“2 sentyabrdan boshlab test sinovlari ochiq stadionlarda o‘tkaziladi. Agarda imtihon kunlari yomg‘ir yoki shamol bo‘ladigan bo‘lsa, test sinovlari imtihon o‘tgandan keyinga qoldirilishi rejalashtirilmoqda”, dedi Diyorbek Qo‘chqorov.
Eslatib o‘tamiz, 22 avgustdan boshlab abituriyentlar abitur.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetlaridan ruxsatnomani olishi mumkin.
Ahrorbek Hayrullayev
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust