Imron Xon otishma vaqtida yaralandi (video)
Olam
−
03 noyabr 2022 22218 1 daqiqa
Bugun, 3 noyabr kuni Pokistonning sobiq Bosh vaziri Imron Xon Gujranvala shahridagi siyosiy yurish paytida sodir bo‘lgan otishma chog‘ida yaralandi. Bu haqda “Geo. tv” kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Imron Xon oyog‘idan uch-to‘rt marta o‘q yegan. Shuningdek, sobiq Bosh vazir boshchiligidagi “Tehrik-i-Insaf” siyosiy harakatining yana bir necha a’zosi yaralangan.
Hozirda gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Avvalroq, Pokistonning sobiq Bosh vaziri Imron Xonni olib ketayotgan mashina reportaj olib borayotgan jurnalistni urib yuborgan edi. Oqibatda jurnalist vafot etgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust