Imomlar mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan seriallarni efirga uzatmaslikni taklif qildi
Jamiyat
−
17 aprel 2021
11123Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimov tumandagi masjid imomlari ishtirokida oilalarda ajrimning oldini olish masalasi yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Unda imomlar mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan seriallarni efirga uzatmaslikni taklif qildi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, majlis davomida ajrimlar sonini kamaytirish borasida quyidagi takliflar kiritilgan:
- Oila qurish ostonasidagi ikkala yoshlarni ham nikohdan avval imomlar tomonidan 3 oylik o‘quv darslarida o‘qitish;
- Oila tushunchasini maktabdan boshlab alohida dars sifatida kiritish;
- Ahloqiy jihatdan mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan teleserial hamda kinofilmlarni efirga uzatmaslik.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023