Imomali Rahmonning o‘g‘li Jahongir Ortiqxo‘jayevga taklifnoma yubordi
Olam
−
19 mart 2019
27073Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahri hokimi Rustam Imomali Toshkent shahar hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevga Navro‘z bayrami tantanalarida ishtirok etishini so‘rab taklifnoma yubordi. Bu haqda AP xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rustam Imomali dunyoning 17 ta shahar hokimiga shunday taklifnoma yuborgan. Jumladan, Lusaka (Zambiya), Sana (Yaman), Monastir (Tunis), Lahor (Pokiston), Klagenfurt (Avstriya), Boulder (AQSH), Roytlingen (Germaniya), Mozori-Sharif (Afg‘oniston), Tehron (Eron), Shiroz (Eron), Sankt-Peterburg (Rossiya), Minsk (Belarus), Urumchi (Xitoy), Anqara (Turkiya), Syamen (Xitoy), Ashxobod (Turkmaniston) va Chindao (Xitoy).
Bulardan tashqari, Rustam Imomali Toshkent va Moskva ma’muriyatlariga taklifnoma jo‘natgan.
Ma’lumot uchun, 21 mart kuni Dushanbe markaziy maydonida Tojikiston tarixida birinchi marta Navro‘zga bag‘ishlangan bayram karnavali o‘tkaziladi.
Unda butun mamlakatdan hunarmandlar, masxarabozlar, ijrochilar, raqqoslar - jami 26 ming kishi ishtirok etishi kutilyapti.
Ma’lumot uchun, Rustam Imomali Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li. U 2017 yildan beri mamlakat poytaxti Dushanbe shahriga hokimlik qiladi.
LiveBarchasi