Imomali Rahmon ham Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi
Jamiyat
−
10 iyul 2023 4062 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tojikiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni kecha O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari Prezident saylovida qozongan g‘alabasi bilan samimiy qutlagan.
Shuningdek, O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
Telefon orqali muloqotda bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr