Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev sharafiga kechki ziyofat uyushtirdi (foto)
Jamiyat
−
11 iyun 2021
19122Kecha, 10 iyun kuni kechqurun Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Tojikistonga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga norasmiy ziyofat uyushtirdi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon ko‘rsatgan iliq mehmondo‘stlikdan yuqori martabali mehmonlar juda mamnun bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarorgoh atrofidagi mevali, soyali daraxtlar va bezakli bog‘larga alohida e’tibor qaratgan. Ularning aksariyatini Prezident Imomali Rahmonning o‘zi ekkan.
LiveBarchasi