Imom al-Buxoriy majmuasi yaqinida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 11 iyun kuni Samarqand viloyatida joylashgan Imom al-Buxoriy majmuasi yaqinida Matiz va Gazel avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Tergovga qadar tekshiruv hujjatlariga ko‘ra, 11 iyun kuni soat 14:00 da haydovchi R.M boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli 30 T 903 MA davlat belgili avtomashinani Payariq tumani “Choshtepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4 K 505 avtomobil yo‘lining “Al-Buxoriy-Lazzat” yo‘nalishida boshqarib kelib, asosiy yo‘l hisoblangan 4 K 493 V Eshimoqsoqqa kirish avtomobil yo‘liga chiqib ketib, asosiy yo‘lda “Samarqand-Chelak” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi G.Q.ning boshqaruvida bo‘lgan Gaz-322132 rusumli 30  V 147 SA davlat belgili avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi natijasida yo‘lovchilar B.M. va R.L hamda haydovchi G.Q.lar tan jarohatlari olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Shifoxonada ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, kerakli muolajalar amalga oshirilgan.

Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand viloyati Matiz Gazel

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing