Immunitet zaiflashganda qanday mahsulotlar iste’mol qilgan ma’qul?

Salomatlik

image

Qish faslida ko‘pchilikning immunitet tizimi zaiflashib, mavsumiy kasalliklar avj oladi. Xo‘sh, buning oldini olish uchun qanday mahsulotlar iste’mol qilish lozim? Shu kabi savollarga doir tavsiyalar Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor Botir Tojiyev tomonidan taqdim etildi.

“Avvalo, sho‘r, achchiq va yog‘li taomlardan tiyilish zarur. Tarkibida shakar va kofein bo‘lgan mahsulotlar iste’molini ham cheklagan ma’qul. Ularning o‘rniga, qovoq, sabzi, lavlagi, pomidor, piyoz, sarimsoq, ko‘katlar, sutli mahsulotlar, olma, sitrus mevalar, yog‘siz go‘sht, baliq va asal tanovvul qilish tavsiya etiladi. Ushbu noz-ne’matlar organizmni mineral va vitaminlar bilan to‘yintirib, immunitet tizimini mustahkamlaydi”, deydi Botir Tojiyev. 

Shuningdek, u yana bir qator foydali mahsulotlarni sanab o‘tgan. Ular qatorida piyoz, limon, na’matak, apelsin, shirin qalampir, qora smorodina kabi mahsulotlar bor.

Tananing kasalliklarga qarshi kurashuvchanlik qobiliyatini oshiradigan mahsulotlardan biri — piyoz. U organizmga tushgan mikroblar bilan kurashish, saraton hujayralari o‘sishini to‘xtatishga yordam beradi, immunitetni oshiradi.

Sarimsoq piyoz — stressdan keyin tanani tiklashga ko‘maklashadi, jigarni tozalaydi. U yallig‘lanish va o‘smalar bilan kurashish uchun ajoyib vositadir. 

Zanjabil (imbir) — organizmning kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini tez kuchaytiruvchi mineral va vitaminlarga boy mahsulot. 

Kuniga bir choy qoshiq asal iste’mol qilish ham sog‘lik uchun foydali. Biroq allergiyaga moyil, surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchi kishilar bu mahsulotlarni iste’mol qilishda shifokorlar bilan maslahatlashishi zarur.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing