Imkoniyati cheklangan qizni do‘pposlagan yigit qidiruvga berildi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkentda yigit imkoniyati cheklangan qizni do‘pposlagani hamda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani to‘g‘risida xabar bergandik. 

Ma’lum bo‘lishicha, yigit ham kar-soqov ekan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan 1994 yilda tug‘ilgan O‘tkirjon Xolmatovga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibiga ko‘ra, fuqaro O‘tkirjon Xolmatov tergovdan qochib yashiringan.

“Hurmatli fuqarolar! Agarda siz suratdagi O‘tkirjon Xolmatovni qayerdaligini bilsangiz yoki u haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, 71-281-92-54, 71-281-94-37, 97-449-02-11, 98-337-72-22 raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Maxfiylik kafolatlanadi”, deyiladi Ichki ishlar xabarida. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

428

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing