IMEI-kod mojarosiga Bojxona qo‘mitasi ham aralashdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan xorijdan olib kirilgan shaxsiy mobil qurilmalari kodini Uz IMEI tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida ularning nomiga boshqa mobil qurilmalarini ularning xabarisiz rasmiylashtirilganligi ko‘plab tarqaldi. Bunda pasport ma’lumotlari uchinchi shaxslarga turli xizmat xodimlari tomonidan taqdim etilgan bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Davlat bojxona qo‘mitasi telefonlarni chegaradan o‘tkazuvchi mas’ul tashkilot sifatida mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

“Xabarlarda keltirilgan holatlar yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tekshiruv tayinlandi. Bu kabi holatlarga duch kelgan fuqarolarimizdan Davlat bojxona qo‘mitasining qisqa raqamli ishonch telefoni 11-08 ga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Ta’kidlash joizki, respublikamiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, bojxona nazoratini amalga oshirish, kontrabandaning oldini olish bojxona organlarining asosiy vazifalari bo‘lib hisoblanadi”, deyiladi qo‘mita xabarida.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshiruv natijalari yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qo‘shimcha axborot beriladi.

Avvalroq, ayni IMEI-kodlar masalasida Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalari texnologiyalari vazirligi ham munosabat bildirib, tekshiruv boshlanganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

IMEI-kod

Baholaganlar

238

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing