Ilon Maskning Neuralink kompaniyasiga nisbatan tergov boshlandi

Texnologiya

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Federal organlari Ilon Maskka tegishli Neuralink kompaniyasiga nisbatan tergov boshladi. Bunga hayvonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar sabab bo‘lgan. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, tergov Qishloq xo‘jaligi departamenti bosh inspektori idorasining so‘roviga asosan kompaniya xodimlarining hayvonlar ustidan tajriba o‘tkazishni tartibga soluvchi AQSH qonunchiligini buzganligi haqidagi shikoyati tufayli boshlangan.

“Reuters” kompaniyaning bir necha o‘nlab hujjatlari bilan tanishish, shuningdek, Neuralink'ning 20 nafar sobiq va hozirgi xodimlari bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘lgan. Suhbatdoshlarning so‘zlariga ko‘ra, sinovlar shoshqaloqlik bilan o‘tkazilgan, bu esa sinovdan o‘tgan hayvonlarning ortiqcha azob-uqubatlariga va o‘limiga sabab bo‘lgan.

Agentlikning hisob-kitoblariga ko‘ra, Neuralink 2018 yildan buyon o‘tkazilgan tajribalar davomida 1500 ga yaqin hayvonlar, jumladan, 280 dan ortiq qo‘y, cho‘chqa va maymunlar nobud bo‘lgan. Bundan tashqari, sichqon va kalamushlar ham tajribalarga jalb qilingan. Biroq Maskning kompaniyasi o‘lgan hayvonlarning hisobini qat’iy ravishda yuritib bormaydi.

Ma’lumot uchun, Ilon Mask Neuralink kompaniyasiga 2016 yilda asos solgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

133

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing