Ilon Maskning boyligi keskin oshib ketdi
Biznes
−
26 Oktabr 2021
21710Tesla aksiyalari qimmatlashgani va kompaniyaning umumiy bozor kapitallashuvi rekord darajaga yetib, trillion dollardan oshganidan keyin amerikalik tadbirkor Ilon Maskning boyligi birdan 36,2 milliard dollarga oshdi. Bu haqda “Bloomberg” nashri yozmoqda.
26 oktyabr holatiga ko‘ra, Maskning boyligi 289 milliard dollarga baholanmoqda. Tadbirkorning boyligi keskin oshib ketdi va u ayni vaqtda dunyoning eng boy odamlari reytingida yetakchi o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot o‘rnida, Tesla aksiyalari narxining ko‘tarilishi choraklik daromadlar to‘g‘risidagi hisobot e’lon qilinganidan keyin sodir bo‘ldi: kompaniya ketma-ket uchinchi marta har oy rekord darajada foyda ko‘rmoqda (1,6 milliard dollar, 389 foizga o‘sish).
Bundan tashqari, daromadga dunyodagi eng qadimgi avtomobil ijarasi kompaniyasi Hertz tomonidan Tesla kompaniyasiga 100 ming elektromobil uchun buyurtma berilishi ta’sir ko‘rsatdi. Bu Musk korporatsiyasi uchun rekord darajadagi buyurtma bo‘ldi. Uning yordami bilan Tesla 4,2 milliard dollar ishlab oldi.
“Morgan Stanley” tahlilchisi Adam Jonasning fikricha, Ilon Mask o‘zining SpaceX kompaniyasi tufayli dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin. Tahlilchining ishonchi komilki, kosmik kompaniya nafaqat o‘z sohasida, balki dunyodagi eng qimmat kompaniya bo‘lishga tayyorlanmoqda. Oktyabr oyida SpaceX kapitallashuvi 100 milliard dollardan oshdi. “Morgan Stanley” tahlilchisi esa kompaniya qiymatini 200 milliard dollarga baholamoqda.
LiveBarchasi