Ilon Maskning boyligi bir haftada qariyb 10 mlrd dollarga oshdi — “Forbes”

Olam

image

Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Maskning boyligi o‘tgan hafta natijalariga ko‘ra, 9,9 milliard dollarga ko‘paydi. Bu haqda “Forbes” ma’lumotlari darak bermoqda.  

Ta’kidlanishicha, Maskning boyligi Tesla aksiyalari qiymatining o‘sishi tufayli ko‘paygan. Hozirda amerikalikning umumiy boyligi 165,9 milliard dollarga baholanmoqda. Mask hali ham Forbes Real-Time’ning milliarderlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. 

O‘tgan hafta oxirida Tesla aksiyalarining qiymati 7,8 foizga o‘sgan bo‘lsa, 25 iyun kuni qimmatli qog‘ozlar 1,17 foizga arzonlashgan. Ta’kidlanishicha, Oq uy hamda AQSH Demokratik va Respublikachilar partiyalarining bir guruh senatorlari o‘tgan hafta boshida “infratuzilma paketi” bo‘yicha taxminan 1,2 trillion dollarlik kelishuvlarga erishganini hisobga olib, ushbu aksiyalar qiymatining o‘sishi bozor miqyosidagi optimizm bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida Ilon Mask tez kunlarda Rossiya, Qozog‘iston va MDHning boshqa mamlakatlarida elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla fabrikalari paydo bo‘lishini ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing