Ilon Maskka taqlid qilgan ruhoniy cherkovdan haydaldi

Olam

image

Anglikan katolik cherkovi ruhoniysi Kelvin Robinson amerikalik mashhur milliarder Ilon Maskning munozarali imo-ishorasini takrorlagani uchun litsenziyasidan mahrum qilindi. Bu haqda Angliya cherkovi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ruhoniy Vashingtonda abortga qarshi sammitda so‘zga chiqib, nutqini yakunlash uchun fashistlarning salomiga o‘xshash harakatni ko‘rsatgan. AQSH Prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasida milliarder Ilon Mask ham shunday harakat qilgan va bu ham munozaralarga sabab bo‘lgan.

Anglikan katolik cherkovi ruhoniyga bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi uchun ogohlantirilgani to‘g‘risida bayonot chiqardi. U ruhoniylik litsenziyasidan mahrum qilindi, endi cherkovda xizmat qila olmaydi. Anglikan cherkovida litsenziyadan mahrum qilish – bu ruhoniy endi ushbu yeparxiyadagi xizmat vazifalarini qonuniy ravishda boshqa bajara olmasligini anglatadi.

“Biz fashistlarning mafkurasi va antisemitizmini har qanday shaklda qoralaymiz. Fashistlarning salomini raqiblarning jahlini chiqarish, hatto oddiy hazil sifatida takrorlaydiganlar ham Holokost voqeasini unutganlar hisoblanadi”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, Holokost voqeasi – Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniya va uning ittifoqdosh hududlarida yashagan yevropalik yahudiylar ta’qib qilingan va ular o‘sha hududda qirib yuborilgan hodisadir.

Sara Komiljonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing