Ilon Mask Zelenskiyni ukrainalik yoshlarni o‘limga yubormaslikka chaqirdi

Olam

image

Amerikalik milliarder Ilon Mask Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga yoshlarni o‘limga yubormaslikni maslahat berdi. Bu haqda u bloger Leks Fridmanning podkastida bo‘lib o‘tgan suhbatda aytib o‘tdi.

“Men unga ukrainalik yoshlarni xandaqda o‘limga yubormaslikni maslahat beraman. U Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qiladimi yoki yo‘qmi, qat’i nazar, buni qilishning hojati yo‘q”, deydi Mask.

Shuningdek, Mask jang maydonidagi vaziyat shunday ekanini ta’kidladiki, hujumni davom ettirish katta qurbonlarga olib keladi.

"Tarix ularga yaxshi munosabatda bo‘lmaydi", deydi milliarder.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask g‘arb va sharq davlatlari o‘rtasidagi urush va mojarolar fonida insoniyat Uchinchi jahon urushi sari ketayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing