Ilon Mask yadro urushi xavfidan ogohlantirdi

Olam

image

SpaceX asoschisi Ilon Maskning aytishicha, Qrim Rossiya xavfsizligining kalitidir va uni Moskvaga boy berish Gavayi va Perl-Harborni AQSHga boy berish bilan barobar bo‘ladi. Bu haqda u Twitter’da yozib qoldirdi.  

“Xohlaysizmi yoki yo‘q, Qrimga Rossiya mutlaqo Rossiyaning asosiy qismi sifatida qaraydi. Qrim janubiy harbiy-dengiz bazasi bo‘lgani uchun Rossiyaning milliy xavfsizligi uchun ham juda muhim. Uning nuqtai nazaridan, Qrimning yo‘qotilishi AQSH uchun Gavayi va Perl-Harborning boy berilishi bilan bir xil”, deydi u. 

Amerikalik tadbirkor yadro quroli borasida ham o‘z fikrini bildirdi va yadro urushi xavfidan ogohlantirdi. 

“Agar Rossiya o‘z armiyasinining yo‘q qilinishiga duch kelsa va NATO qarshisida to‘liq mag‘lubiyatga uchrasa, u yadro qurolidan foydalanadi, keyin NATO yadroviy qurol bilan javob beradi va sivilizatsiya tugaydi”, deb da’vo qilmoqda amerikalik tadbirkor. 

Joriy yilning 3 oktyabr kuni Mask Ukrainadagi tinchlik sharoitlari haqidagi o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Birinchi qadam sifatida u yaqinda Rossiya tomonidan kuch bilan egallab olingan hududlar (Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje)da BMT nazorati ostida referendumlar o‘tkazishni taklif qildi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Qrim rasman Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiradi, Ukraina esa neytral maqomini e’lon qilishi mumkin. Shundan so‘ng, shu hafta Ukrainaning Germaniyadagi elchisi lavozimini tark etayotgan Andriy Melnik ingliz tilidagi behayo iborani ishlatib, unga “ortga chekinishni” maslahat berdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

334

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing